$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

15:29 / 18.07.2025

Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 8,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu 2024-yil mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga ko‘p (27 foiz).

“Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) kelib tushgan. Qolgan qismi Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva hamda boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan”, deyiladi manbada.

Pul o‘tkazmalari ortishiga o‘zbekistonlik migrantlar ishlaydigan davlatlarda ishchi kuchiga talab ko‘paygani va ish haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda milliy valyuta kurslari mustahkamlanishi ham ta’sir qilgan.

Markaziy bank tahliliga qaraganda, O‘zbekistonga rivojlangan mamlakatlardan kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmlari o‘sib bormoqda. Masalan, transfertlar hajmi Buyuk Britaniyadan ikki barobar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, Niderlandiya 44 foiz, Polsha 20 foiz) hamda AQShdan 15 foizga oshgan.

Olti oy davomida jismoniy shaxslarga kelib tushgan pullarning 4,3 mlrd dollari (53 foizi) an’anaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlaridan yuborilgan. Bunda o‘sish hajmi 2024-yil mos davriga nisbatan 22 foizni tashkil etgan. Yana 3,6 mlrd dollar (44 foizi) xorijdan bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (P2P) o‘tkazmalar orqali (o‘sish 40 foiz) kelib tushgan. O‘z navbatida 251 mln dollar (3 foizi) bank o‘tkazmasi (SWIFT) orqali (kamayish 22 foiz) amalga oshirilgan.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qolib, 1,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston

														Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
12:04 / 20.07.2025

														Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan k…
10:50 / 20.07.2025

														O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025

														20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025

														Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025

														Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarning oraliq interval vaqti ham ancha qulay qilib belgilangan
20:02 / 19.07.2025

														Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Shuningdek, tadbirkor tilga olgan daraxt kesish bo‘yicha turli “usullar” qo‘llanilayotganligi munosabati bilan “taftish o‘tk…
17:48 / 19.07.2025

														O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinib, 2029-yil yakuniga qadar ularni 1 mln boshga ye…
16:55 / 19.07.2025

														Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz va…
16:00 / 19.07.2025

Bu ham qiziq

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:05 / 20.07.2025
Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025
O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

O'zbekistonda ta‘lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 foizga oshdi

Bu yo‘nalishda oliy ta‘lim sohasi yaqqol ustunlik qilmoqda
18:25 / 19.07.2025
Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Buxoro shahrida yangi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslarning oraliq interval vaqti ham ancha qulay qilib belgilangan
20:02 / 19.07.2025
Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Rossiya bojxona xizmati tomonidan katta miqdordagi kokain kontrabandasi fosh etildi

Bu borada ularga nomi oshkor etilmagan “xorijlik hamkasblar” yordam bergan
19:56 / 19.07.2025
20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025
Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

“Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Pre…
11:10 / 19.07.2025
Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan k…
10:50 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!