Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan shikoyat qilgan yo‘lovchining murojaati keng tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qildi:
“Ma’lumki so‘nggi yillarda metropoliten tizimiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Shu boisdan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida so‘nggi 5 yil davomida bosqichma-bosqich ravishda, 41 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi, natijada metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilandi (Ma’lumot tariqasida ta’kidlash mumkinki, ungacha metro poyezdlari parkida mavjud harakat tarkiblar soni 36 tani tashkil etgan). Ushbu keltirilgan yangi turdagi poyezdlar barcha zamon talablari asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yozning jaziramasida maxsus sovitish va sovuq kunlarda o‘zining isitish kabi ko‘plab qulayliklariga ega.
Aytish kerakki, ushbu video murojaatda ta’kidlangan harakat tarkibi ko‘p yillik foydalanilayotgan eski turdagi harakat tarkibi bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus sovitish tizimi mavjud bo‘lmagan holda ishlangan va bu turdagi qurilma bilan jihozlash imkonsiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari xaridi yo‘lga qo‘yilgan va jarayon davomiy tarzda amalga oshiriladi. Buning natijasida bosqichma-bosqich ravishda metro vagon parkidagi poyezdlar yangilanishi rejalangan. Shuningdek, bu ishlar davomi sifatida 2025-2026-yillar davomida yana yangi 14 ta to‘rt vagonli harakat tarkibi xarid qilinib, yo‘nalishlarga chiqarilishi maqsad qilingan va buning ustida kerakli ishlar amalga oshirilmoqda”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!