Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kuchli yomg‘ir qurbonlari baxtsiz hodisalar va sog‘lig‘idagi muammolar tufayli halok bo‘lgan. Rasmiylar suv toshqinlari davom etishidan ogohlantirmoqda.
Yarim kun ichida mamlakatning g‘arbiy qirg‘og‘idagi eng ko‘p ziyon ko‘rgan Sosane shahriga 400 mm dan ortiq yomg‘ir yog‘di. Meteorologiya agentligi buni asrda bir marta sodir bo‘ladigan hodisa sifatida baholadi.
Seuldan taxminan 267 kilometr Janubda joylashgan Kvanju shahrida kuchli yomg‘ir haqida ogohlantirish e’lon qilinganidan so‘ng taxminan ikki soat davomida 87 ta yo‘l va 38 ta bino suv ostida qoldi.
“Ko‘plab davlat va xususiy korxonalar zarar ko‘rdi, shaharlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Yuzlab maktab binolari yomg‘ir tufayli zarar ko‘rdi” - deb xabar bermoqda “Yonhap” axborot agentligi.
Rekord darajadagi yog‘ingarchilik Janubiy Koreya hukumatini ob-havo bilan bog‘liq tabiiy ofat haqida ogohlantirishni eng yuqori darajaga ko‘tarishga undadi.
Rasmiylar aholini daryo qirg‘oqlari, tik yon bag‘irlari va yer osti yo‘laklaridan uzoqroq turishga chaqirib, ko‘chki va suv toshqinlari xavfi yuqoriligidan ogohlantirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!