$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga yetib bordi

12:49 / 30.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 30-oktyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

Ezgu an’anaga muvofiq, avvalo, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Prezident majmuadagi so‘nggi pardozlash ishlari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarning tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Ziyoratchilarga har tomonlama qulay sharoit yaratilgan.

Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.

O‘zbekiston rahbari yangi masjiddagi bunyodkorlikni ko‘zdan kechirdi.

Prezident har gal Samarqandga kelganida majmuaning qurilishi jarayoni bilan tanishib, bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.

Shu maqsadda yangi majmuada innovatsion muzey ham tashkil etilgan. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 ta payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.

Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolarida ham qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Bitta to‘rt yulduzli, ikkita uch yulduzli va 22 ta oilaviy uy mehmonxonalari tashkil etilgan.

Davlat rahbari majmua faoliyatini sifatli tashkil etish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ezgu niyatlar bilan majmua hududiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 


O‘zbekiston


														
														Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025

														
														Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025

														
														Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

														
														Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025

														
														2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025

														
														O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025

														
														Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025

														
														Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Nomzod shaharning yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi Sadriddin Shoqosimovn…
14:34 / 01.11.2025

														
														Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 01.11.2025

														
														Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida e’lon qilindi.
09:25 / 01.11.2025

Bu ham qiziq

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025
O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

Bu ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish” farmoni hamda “O‘zbekiston …
12:13 / 31.10.2025
2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025
“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

Kolleksiya tarkibida qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq mahalliy navlari m…
11:27 / 31.10.2025
Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025
Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukrainadagi urushda 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukraina davlatiga qarashli “Xochu jit” loyihasi xabariga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan 481 naf…
14:07 / 31.10.2025
AQShda yana zavod portladi

AQShda yana zavod portladi

Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar berdi.
12:35 / 01.11.2025
Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF M25 turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
13:03 / 01.11.2025
Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli me’yori 5 baravarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub me…
11:52 / 31.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!