$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

Sun’iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi – Hukumat qarori

10:57 / 30.11.2021

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.

Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.

Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensasiya qilinadi.

Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.

 


Bu ham qiziq

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

2026-yil aprel oyida Toshkent uy-joy bozorida faollik sezilarli pasaydi. Hisobotlarga ko‘ra, oy davomida 44,5 mingta uy-joy …
17:26 / 21.05.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamk…
13:49 / 22.05.2026
Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Nikolay Mladenov Donald Trampning G‘azo bo‘yicha “Keng qamrovli tinchlik rejasi”ni amalga oshirishga qaratilgan 15 banddan i…
17:39 / 22.05.2026
O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda “suyunchi puli”ni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Endilikda birinchi farzandi nobud bo‘lgan oilalar ham keyingi tirik tug‘ilgan farzandi uchun “suyunchi puli” olish huquqiga …
14:03 / 22.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqar…
14:55 / 21.05.2026
Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlash…
00:51 / 23.05.2026
Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonda temiryo‘l yaqinida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temiryo‘l liniyasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Anadolu agentligi…
15:19 / 24.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmo…
17:44 / 23.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!