Joriy yilning 17-oktyabr kuni Qo‘qon shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi yotoqxonasida ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilar o‘zi bilan birga tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan R.A. ga tan jarohati yetkazishi oqibatida vafot etganli bo‘yicha 2 nafar xodim IIO xizmatidan bo‘shatilganligi haqida xabar bergan edik.
Ichki ishlar vazirligi tegishli xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, ushbu markaz boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 3 nafar xodimga “Hayfsan” intizomiy jazosi tayinlandi. 4 nafar xodimning esa, lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlash maqsadida navbatdan tashqari attestasiyadan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!