Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Sharifa Davronova 14.02 metr natija bilan g‘alaba qozondi. Davronova hali 15 yoshda bo‘lib, eng yaqin ta’qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko'rsatkichi bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!