Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2023-yilgi mavsum uchun qitʼa Chempionlar Ligasi va OFK Kubogi kvotalar taqsimotini eʼlon qildi. Bu haqda OʻzPFL maʼlum qildi.
Taqsimotga koʻra, 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston 2+2 kvotaga ega chiqqan. Bu borada Gʻarbiy Osiyoda Saudiya Arabistoni (3+1) va Eron (3+1) dan soʻng Oʻzbekiston va Qatar (2+2) teng yoʻllanmalar soniga egalik qiladi. BAAga 1+2 yoʻllanma nasib etgan.
Shu tariqa, Coca-Cola Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi va Coca-Cola Superliga sovrindorlari xalqaro miqyosda Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Qayd etish joiz, ushbu kvotalar taqsimoti OFKning klublar musobaqalari reytingiga asoslangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!