$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

6 mlrd so‘mdan ziyod kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

10:25 / 28.09.2022

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Departamentning Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” MCHJ rahbari A.N. va boshqalar kredit ta’minoti sifatida MCHJga qarashli 7 ta maxsus texnikalar mavjudligi va taqiqda emasligi haqida soxta ma’lumotnomalar tayyorlab, bank muassasidan 2,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.P.” xususiy korxonasi rahbari S.X. tijorat banki filialidan naslli chorva mollarini sotib olish uchun 100 000 AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishga erishib, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali chorva mollarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani fosh etilgan.

Departamentning Namangan viloyati Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.I.” MCHJ rahbari B.A. hududiy tijorat banki filiali sobiq boshqaruvchisi M.O. bilan o‘zaro til biriktirib, bank filialidan maxsus texnikalar sotib olish uchun ajratilgan 980 mln so‘m kreditning garov ta’minotini to‘liq ta’minlamasdan, maxsus texnikalarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Andijon viloyati Izboskan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.B.” MCHJ rahbari B.Q. va boshqalar tijorat banki filialidan “Volvo Ew 145 B” rusumli ekskavator xarid qilish uchun ajratilgan 845 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani fosh etilgan.

Departamentning Samarqand viloyati Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro I.Ya. bank muassasi mas’ul xodimlari bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, “S.M.” MCHJga 800 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni soxta monitoring dalolatnomalari tuzish orqali “R.T.” MCHJga uskuna olish uchun o‘tkazish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 20-23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarid…
15:41 / 19.04.2024

														
														Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024

														
														Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024

														
														“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024

														
														Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024

														
														Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

- hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
10:26 / 19.04.2024

														
														Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024

														
														O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024

Bu ham qiziq

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024
Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

- hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
10:26 / 19.04.2024
Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard kishi istiqomat qiluvchi Xitoy turadi.
11:38 / 18.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024
Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024
353 nafar raqqosa pointe poyabzalda bir daqiqa turib rekord o‘rnatdi

353 nafar raqqosa pointe poyabzalda bir daqiqa turib rekord o‘rnatdi

Bunga turli shtatlardan va hatto boshqa mamlakatlardan qizlar Nyu-Yorkka kelishgan.
11:47 / 18.04.2024
Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Qovoq “Tormund” deb nomlangan.
14:07 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!