Andijon shahar prokuraturasi joriy yil 19-iyun kuni Andijon shahar “O‘zbekiston” MFYda yashab kelgan 2014-yilda tug‘ilgan egizak bolalar (o‘g‘il)ning o‘limi yuzasidan 27 yoshli ayolni gumondor sifatida qidiruvga berdi.
Xabarnomada bildirilishicha, bolalar 16-iyundan buyon qidirilayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, gumondor Yo.S.Dadaboyeva 1995-yilda Izboskan tumani Maygir qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning belgilari: bo‘yi 155-160 sm., yuzi ovalsimon, sochlari o‘rtacha qora, qoshlari yoysimon, ko‘zi qora, burni o‘rtacha kattalikda.
Alohida belgilari: qornining pastki qismida operatsiyadan chandiq qolgan, o‘ng labining tepasida xoli bor va 7 oylik homilasi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!