$
12865.05 UZS
16.67
116.73 UZS
-3.34
13550.76 UZS
38.12
13° Kechasi

80 yillik Isroil-Falastin mojarosi. Tarixdan bugugni kungacha

16:18 / 22.04.2022

2022-yilni insoniyat barqarorlik, tinchlik, optimizm va umid hissi bilan boshlagan edi. Biroq oʻtgan toʻrt oy davomida dunyo hamjamiyatida koʻz ochib koʻrmagan voqealar, turli mojaro va harbiy toʻqnashuvlar yuz berdi. Qozogʻiston voqealari sovimasdan turib, Ukrainada urush boshlandi. Barchaning butun eʼtibori Rossiya-Ukraina oʻrtasidagi urushda boʻlib turgan bir pallada hali bitib ulgurmagan yara yana tirnaldi.

Oʻtgan yili roʻy bergan Isroil-Falastin oʻrtasidagi ikki oy davom etgan qonli toʻqnashuv unutilmay turib, bu mojaro yana boshlandi. Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, musulmonlarni u yerda quvib chiqarayotgani aks etgan video lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Tabiiyki, bu hodisalar butun dunyo musulmonlarini, xususan bizni ham qattiq qaygʻuga soldi.

Bir narsani aytish kerakki, bu yerda diniy mojaro yuz berayotkani yoʻq. Bu yerda yer masalasida kelishmovchilik roʻy bermoqda. Xoʻsh, mojaroning asil ildizi qayerda? Falastin yerlari aslida kimga tegishli? Nega 8 ta arab davlati birgina Isroilni yenga olmagan? Isroil-Falastin urushining asil ildizlari qayerda? Bugungi maqolamizda shular haqida soʻz yuritamiz.

Quddusda dastlab kimlar yashagan?

Yahudiylar hozirgi Falastin yerlariga taxminan miloddan avvalgi ikki ming yillikda koʻchib kelib joylashgan. Yaʼni Muso alayhissalom yahudiy qavmini Misrdan olib chiqib, hozirgi Falastin yerlariga olib kelgan. Yahudiylarning muqaddas kitobi boʻlmish Tavrotda yozilishicha, Maʼbad togʻining yon atrofi yahudiylarga Xudo tomonidan berilgan.

Keyinchalik yahudiylar bu yerda Isroil podshohligiga asos solishdi. Isroil podshohligi mil. avv. taxminan 928—722 yillarda mavjud boʻlgan davlat hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu davlatni Aleksandr Makedonskiy oʻzining Sharqqa qilgan yurishi vaqtida bosib oladi.

Milodiy asr boshida Isroil podshohligi Rim imperatori Klavdiy tomonidan bosib olinadi va Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshib yuboriladi. Shundan soʻng Isroil podshohligi tarix zarvaraqlaridan oʻchib ketdi. Rim davrida yahudiylar Yevropa boʻylab tarqalishni boshladi. Lekin ular har vaqt Falastin yerlarini oʻzining ona vatani, Xudo tomonidan ularga hadya qilingan zamin deb hisoblaydi. Biroq yahudiylarning bir vaqtlar Falastin yerlarida yashagani ularga egalik huququni toʻlaligicha berib qoʻymaydi. Chunki tarixda turli hududlar turli imperiyalar tomonidan bosib olinib, qoʻldan qoʻlga oʻtib kelgan.

Arablar Falastin yerlariga qachon kelgan?

VI asr boshida Arab diyorida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Islom dinini yoya boshladi. Vaqt oʻtishi bilan arablar Islom dinini kengroq yoyish maqsadida qoʻshni hududlarga harbiy yurish boshladi. Oʻsha vaqtda Falastin yerlari Vizantiya  imperiyasi tarkibiga kirar edi. 638-yilda Quddus shahri arablar tomonidan qamal qilindi. Shunda shahardagi rimliklar “xalifa Umarning oʻzi bilan sulh tuzamiz” deyishadi. Quddus Patriarxi Sofroniy I va xalifa Umar Ibn Hattob oʻrtasida shartnoma imzolanadi. Shartnomaning bir qismida shaharga bironta ham yahudiyni kiritmaslik sharti boʻlgan. Bu shartni Patriarx Sofroniy I qoʻygan. Shundan soʻng Falastin yerlariga arablar koʻchib kela boshladi.

Yevropaga koʻchib borgan yahudiylarni u yerda ochiq yuz bilan kutib olishmadi. Chunki xristianlik dinining muqaddas kitobi boʻlmish Injilga koʻra, ushbu din markazida turuvchi Iso paygʻambarning oʻlimiga yahudiy xalqi javobgar. Butun Yevropaga tarqalib ketgan yahudiylar Rim davridan tortib, XIX asrgacha taqib qilingan. Masalan, XVIII asrda Yevropada yahudiylarning hayoti havas qiladigan darajada boʻlmagan. Ular getta (yahudiylar uchun maxsus ajratilgan joy)da hayot kechirishgan. Bir yahudiy shahardan tashqariga chiqmoqchi boʻlsa, hokimlikdan ruxsat soʻrashi kerak boʻlgan.

XX asr boshlariga qadar Falastin Usmonli imperiyasining bir qismi hisoblangan. Oʻsha davrda Falastin hududida arablar koʻpchilikni tashkil qilgan boʻlsa-da, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bir-birlari bilan yonma-yon, tinch-totuv yashab kelishgan.

Yahudiy davlatini yaratish uchun tuzilgan maxfiy reja

1897-yilda Shvetsariyaning Bazel shahrida Teodor Herzel chaqiruviga binoan birinchi dunyo yahudiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda qurilishi kerak boʻlgan yahudiy davlatining chegaralari belgilandi. Chegaralar “Arzimamut” (vaʼda qilingan yerlar) deb ataldi. Faqat bir muammo bor boʻlib, bu yerlar Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan. 1901-yilda  Teodor Herzel Usmonli sultoni Abdulhamid II huzuriga keladi. U agar Falastinda yahudiylar uchun yer berilsa, Usmonli imperiyasining barcha tashqi qarzlari yahudiy oilalar tomonidan toʻlab berilishini taklif qiladi. Sababi Usmonli imperiyasining qarzlarining katta qismi Britaniyadan bo‘lgan. Britaniyadagi eng yirik bank egalari esa yahudiylar edi. Shunda Abdulhamid unga shunday javob beradi:

 “Quddus meniki deb kim aytdi? Bu yerlarni ajdodlarim qon bilan olgan. Dunyoning boyliklarini olib kelsangiz-da, sizlarga bir qarich ham yer bermayman”.

Birinchi jahon urushidan soʻng Usmonli imperiyasi parchalanishi oqibatida Falastin hududi Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. Urush tugamasidan oldin Britaniya Tashqi ishlar vaziriligi “Balfur” deb nomlangan deklaratsiyasini imzoladi. Unga koʻra,  Falastinda yahudiylar davlatini tuzish rejasi eʼlon qilindi. 1917 yil Buyuk Britaniya dunyoning turli xil hududlariga tarqalib ketgan yahudiylarni Falastin hududida yagona davlatga birlashtirish taklifini ilgari surdi.

1922 yil 22 iyul kuni xalqaro tashkilot Millatlar Ligasi Falastinda Isroil davlatini yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan soʻng, Yevropadan Falastin tomon yahudiylarning ommaviy koʻchish jarayoni boshlanadi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, 1922-1925 yillarda Sharqiy Yevropadan Falastinga 40 mingga yaqin yahudiy oila koʻchib kelgan.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng Isroil-Falastin

1933-yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga Adolf Gitler kelgach, yahudiylarni yoʻq qilishga qaratilgan kompaniya boshlandi. Sababi Gitler nemis xalqini oliy irq sifatida koʻtarayotgandi. Buning uchun oʻzini oliy irq sifatida biluvchi yahudiy xalqini yoʻq qilish kerak edi. Gitler buning uchun 6 million yahudiyni turli xil oʻlim lagerlarida yoʻq qildi. Bu Yevropada yashovchi barcha yahudiylarning 2/3 qismini tashkil qilar edi. Shundan soʻng taʼqibda boʻlgan yahudiylar oʻzlari uchun davlat bunyod etishni reja qilishdi.

Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetgach, Yahudiy agentligi Falastin yerlarida yashovchi yahudiylarning vakili sifatida Britaniyadan ushbu millat uchun davlat tuzilishini talab qila boshladi. Axir, Britaniya banklarining aksar egalari yahudiylar edi. Bu yerda arablarning ham borligiga koʻz yuma olmagan Britaniya ushbu masalani hal qilishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga topshirdi.

Isroil-Falastin mojarosining alanga olishi

1947-yil 29-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Falastinda ikkita davlat tashkil etilishi (Isroil va Falastin) haqida qaror qabul qildi. Shundan keyin Falastinga millionlab yahudiylar koʻchib kela boshladi. Falastinda yahudiylarga 14,1 ming kvadrat kilometr, arablarga esa 11,1 ming kvadrat kilometr yer berildi. Uch dinning muqaddas shahri – Quddus xalqaro hudud, deb eʼlon qilindi. Bu esa arab-yahudiy oʻrtasidagi nizoni alanga oldirdi. Aksiga olib 1948-yilda 14-mayda Isroil davlati (yahudiy davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Bu esa birinchi arab-isroil urushini keltirib chiqardi.

“Agar yahudiylar Falastinning hatto, bir qismiga ega boʻlsa, bu yerlar olov va qonga botadi”, deb reaksiya qilgan edi Arab Oliy qoʻmitasi raisi oʻsha vaqtda.

AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollangan Isroil Falastin hududini qisqa vaqt ichida egallab oldi. Garchi Isroil 8 ta arab davlatiga qarshi yolgʻiz urishgan boʻlsa-da, gʻalaba qozondi va bu Isroil tarixida “Mustaqillik uchun kurash” nomi bilan qoldi. Arablar esa buni falokat sifatida baholadi.

1949-yilda BMT jangovar harakatlarni toʻxtatishga erishdi. Urush yakuniga koʻra, BMT mandati boʻyicha Falastindagi arablar uchun ajratilgan yerlarning 1300 km² va 112 ta aholi yashash punkti hamda Sharqiy Quddus Isroilga oʻtib ketdi.

XX asrning 40-yillarida yuz bergan bu qonli toʻqnashuvdan keyin ham arablar va yahudiylar oʻrtasida bir necha marta yirik janglar boʻlib oʻtdi. Xususan, 1967-yilda “Olti kunlik urush”, 1973-yilda “Yom-Kippur urushi” bu toʻqnashuvlarda Isroil davlati gʻalaba qozondi. Shu oʻrinda “nega 8 ta arab davlati birgina Isroilni yenga olmadi”, degan savol paydo boʻlishi tabiiy. Buning sababi arab davlatlari urushda yakdil harakat qilmadi. Bundan tashqari arablar yagona maqsadda emas, har biri oʻz manfaati uchun kurashdi. Yaʼni har bir arab davlati Isroil egallab olgan yerlarni oʻziniki qilib olishni oʻylardi. Bundan tashqari oʻsha vaqtda arab davlatlarini Sovet Ittifoqi qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Isroilga esa AQSh va Buyuk Britaniya yordam berdi.

2021 –yildagi Isroil-Falastin inqirozi

Bugungi kunda Falastin hududining 78 foiz maydoni Isroil tomonidan egallandi. Ushbu hududlardan arablar ayovsiz quvildi. Qonli toʻqnashuv natijasida 400 ga yaqin tarixiy shaharlar yoʻq qilindi.

2019 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 74-majlisida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan nutq soʻzlab, Isroilning Falastinni butunlay egallab olayotgani, BMT esa bunga tomoshabin boʻlib turganini qoraladi. Oʻshanda Erdoʻgʻan minbarga Isroil va Falastin tuproqlari aks etgan xarita bilan chiqqan. Undagi toʻrt suratda 1948 yil – Isroil davlati tashkil topgandan buyon Falastin yerlarini qanchalik egallab borayotgani tasvirlangan edi.

2021-yilning 7-may sanasida Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinlik arablar taroveh namozini oʻqiyotgan ushbu masjidga hujum qilingani sabab boʻldi. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini koʻchirish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Chunki bu yerlarga yahudiylar daʼvo qilib keladi.

Shundan soʻng, Gʻazoni nazorat qiluvchi falastinliklarning HAMAS harakati Isroilni ogohlantirdi: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha muddat qoʻydi.

Shart bajarilmagach, 10 may kuni HAMAS Isroilning bir qator shaharlarini 45 ta raketa bilan oʻqqa tutdi. Biroq Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi ushbu 45 raketaning katta qismini osmonning oʻzida zararsizlantirdi. Baʼzilari esa aholi yashash punktiga tushdi. Vaqt oʻtishi va ikki oʻrtadagi ziddiyat ortib borishi bilan bu ssenariy koʻp marta takrorlandi. HAMAS raketa uchiraverdi, Isroil uning katta qismini zararsizlantirib, qarshi hujum bilan javob qaytaraverdi.

Isroil sudining birgina qarori va masjidga qilingan hujum shunday shiddatli harbiy harakatlarni keltirib chiqardi. Bu qonli toʻqnashuv ikki oy davom etdi. Oqibatda esa Gʻazo sektorida yashovchi 126 arab halok boʻldi, 1000 ga yaqini jarohat oldi. Isroil tomonidan ham 7 kishi halok boʻldi.

2022-yildagi voqealar

Joriy yilning 15-aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida muqaddas qadamjo hududiga kirgan Isroil politsiyasi va falastinliklar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab boʻldi. Bu holat shundan beri har kuni takrorlanib kelmoqda.

Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.

Eng qizigʻi yahudiylar oʻtgan yili ham Ramazon oyida masjid Al-Aqsoga bostirib kirishgan edi. Bu yil ham shunday boʻldi.

Ikki davlat oʻrtasida yechimi qiyin boʻlgan bir nechta muammolar bor. Bular; Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy qirgʻogʻi, shuningdek, qoʻshni Iordaniya, Suriya va Livanda qochqinlikda yashovchi falastinliklarning taqdiri mavhumligicha qolayotgani. Ular ajdodlari yashagan hududlarga qaytadimi? Isroil yonida Falastin davlati qad koʻtaradimi? Ushbu savollarga aniq va amaliy javob boʻlmaguncha yaqin kelajakda ikki millat oʻrtasida tinchlik boʻlmasligi aniq.


Qiziqarli


														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

														
														Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Kansay qishlog‘ida dinozavrlarning boy majmuasi, terizinozavrlar qoldiqlari topildi.
10:00 / 13.11.2024

														
														Marsda qadimiy okean izlari topildi

Marsda qadimiy okean izlari topildi

Xitoylik planetologlar “Chjunjun” marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlo…
09:54 / 11.11.2024

														
														Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Bu haqda Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov ma’lum qildi. Qo‘lyozma To…
12:25 / 10.11.2024

														
														132 yil oldin yozilgan maktub topildi

132 yil oldin yozilgan maktub topildi

BBC nashrining xabar berishicha, Shotlandiya janubidagi Korsvoll mayog‘i devorlari ostidan ichida 132 yil avval yozilgan mak…
12:20 / 10.11.2024

														
														Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi yaqinda vodorod dvigateliga ega bo‘lgan, dron va avtopilot funksiyasi bilan jihozlangan yangi turdagi “H…
09:29 / 06.11.2024

														
														Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

BBCning ma’lumotiga ko‘ra, endi Yaponiyada velosiped haydab ketayotib, mobil telefondan foydalangan fuqarolar olti oygacha q…
16:44 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Farg‘onada 750 mln so‘mlik kontrabanda to‘xtatib qolindi

Farg‘onada 750 mln so‘mlik kontrabanda to‘xtatib qolindi

Hodisa Farg‘onaning chegara hududida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Cobalt avtomobilini to‘xtatib, uni ko…
20:21 / 28.11.2024
Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab lavozimidan ketishi mumkin

Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab lavozimidan ketishi mumkin

Bu haqda Telegram’dagi Generalissimus kanali ma’lum qilmoqda.
10:36 / 28.11.2024
Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat yetishtirish uchun yana 104 ming gektar ajratishga ruxsat berilganini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat yetishtirish uchun yana 104 ming gektar ajratishga ruxsat berilganini ta’kidladi

Oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan 370 million dollarga (1,2 barobar) o‘sib, 2 milliard dollardan oshdi.
18:23 / 28.11.2024
Rossiyada dronlar hujumidan so‘ng neft bazasi yonib ketdi

Rossiyada dronlar hujumidan so‘ng neft bazasi yonib ketdi

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, 30 ta samolyot urib tushirilgan.
12:46 / 29.11.2024
FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Peshqadam Argentina o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
21:41 / 28.11.2024
Toshkentda oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan qotilga umrbod qamoq jazosi berildi

Toshkentda oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan qotilga umrbod qamoq jazosi berildi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
14:30 / 28.11.2024
O‘zbekistonda qaysi hududlarda meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi pastligi aytildi

O‘zbekistonda qaysi hududlarda meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi pastligi aytildi

Unda meva-sabzavotni qayta ishlash Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo va Jizzaxda respublika ko‘rsatkichidan pastlig…
19:45 / 28.11.2024
Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi o‘qildi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
18:28 / 29.11.2024
Indoneziyada ko‘chkilar 27 kishining umriga zomin bo‘ldi

Indoneziyada ko‘chkilar 27 kishining umriga zomin bo‘ldi

“Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida ko‘chkilar tufayli kamida 27 kishi halok bo‘ldi”, – deya xabar bermoqda TASS…
16:54 / 28.11.2024
Samarqandda MDH a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda MDH a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
10:36 / 28.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!