“Paxtakor” va “Lokomotiv” klublaridagi o‘yinlari orqali tanilgan yarim himoyachi Sadriddin Abdullayev professional faoliyatini yakunlaganligini e’lon qildi.
Ammo 35 yoshli xavbek futboldan ketmoqchi emas, u murabbiylik faoliyatini boshladi.
“O‘tgan mavsumni “temiryo‘lchilar” safida o‘tkazgan Sadriddin Abdullayev futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. “Lokomotiv” PFK rahbariyati maslahatiga ko‘ra, u klub tizimida qolishni ma’qul deb bildi. Abdullayev murabbiy sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
Klub rahbariyati Sadriddinni “Lokomotiv” U18 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Endilikda “Loko”ning 18 yoshgacha futbolchilarini Abdullayev boshqaradi va buning uchun tegishli litsenziyaga ega", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!