Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin soʻnggi uch yil ichida birinchi marta amaliy tashrif bilan 28-iyun kini Tojikistonga keldi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Rossiya davlati rahbarini samolyot trapi oldida kutib olgan. Shundan soʻng, prezidentlar yakkama-yakka uchrashuv oʻtkazdi.
“Rossiya Tojikistonning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi boʻlib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar yuqori rivojlanish dinamikasiga ega. Men siz bilan aloqalarimiz holati va istiqbollarini, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratgan holda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, — dedi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon.
Shundan soʻng, Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida harbiy hamkorlikka toʻxtalib, Afgʻonistondagi vaziyat haqida soʻz ochgan. Afgʻonistondagi barcha etnik guruhlar bilan aloqasi borligini urgʻulagan.
“Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida ham, ikki tomonlama munosabatlarimiz doirasida ham, soʻzning mintaqaviy maʼnosida xavfsizlik masalalari, albatta, bizning eʼtiborimiz markazida boʻlishi kerak va boʻladi.
Men sizga Rossiya uchun eng katta qiziqish uygʻotadigan va juda nozik masalalar haqida qisqacha maʼlumot beraman, buni siz yaxshi bilasiz.
Oʻz navbatida, qoʻshni davlatda, Afgʻonistonda munosabatlar qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringizni eshitishdan xursand boʻlaman va bu meni qiziqtiradi.
Bilasizmi, biz bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun hamma narsani qilyapmiz. Biz vaziyatni nazorat qilayotgan siyosiy kuchlar bilan munosabatlarni oʻrnatishga harakat qilmoqdamiz, lekin Afgʻonistonda vakillik qilayotgan barcha etnik guruhlar, avvalroq aytilganidek, mamlakat boshqaruvida toʻliq ishtirok etishi kerakligidan kelib chiqamiz. Shu nuqtai nazardan biz ishlashda davom etamiz.
Bu mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqalarimiz bor. Yaqinda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Afgʻonistonning vakillik delegatsiyasi boʻldi”, — deydi Vladimir Putin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!