$
12694.96 UZS
23.12
134.66 UZS
0.02
13508.71 UZS
39.81
22° Kechasi 10°

Afrikaning sobiq eng boy ayoliga AQShga kirish taqiqlandi

14:53 / 11.12.2021

Forbes 2013-yilda Izabel dos Santosni Afrikaning eng boy ayoli deb topgan.

AQSh Angola sobiq Prezidentining Bakuda tug‘ilgan qizi, 2021-yilning yanvarigacha Forbes milliarderlari ro‘yxatida bo‘lgan Izabel dos Santosga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning bayonotida aytilishicha, “Angola davlat korxonasining sobiq raisi”ga qarshi sanksiyalar” uning shaxsiy maqsadlarda davlat mablag‘larini o‘g‘irlash yo‘li bilan yirik korrupsiyaga aloqadorligi uchun” joriy etilgan. Bu haqida Forbes yozqmoqda.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi Blinken sanksiyalar “Magnitskiy qonuni” doirasida kiritilayotganini ta’kidlagan. Xususan, sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar va ularning yaqin qarindoshlarining AQShga kirishi taqiqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Izabel dos Santos 1973-yilda Bakuda Joze Eduardu dos Santos oilasida tug‘ilgan. O‘sha paytda Joze Eduardu Angolani ozod qilish uchun xalq harakati faoli bo‘lgan. Keyinchalik Izabelning otasi Angolaning Prezidenti bo‘ldi va 1979-yildan 2017-yilgacha mamlakatni boshqardi.
2013-yilda Forbes Izabel dos Santosni Afrikaning eng boy ayoli deb topdi, o‘shanda uning boyligi 3,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Xalqaro tadqiqotchi-jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) ma’lumotlariga ko‘ra, dos Santos va uning turmush o‘rtog‘ining biznes imperiyasi 400 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga olgan. O‘sha kompaniyalar Angola hukumati orqali milliardlab dollar shartnomalarni qo‘lga kiritgan.
Ta’kidlanishicha, Izabelning otasi, ya’ni Angola Prezidenti iste’foga chiqqanidan keyin mamlakatda unga qarshi tergov boshlandi. Afrikaning eng badavlat ayoli davlatga qarashli Sonangol neft kompaniyasining rahbari bo‘lib ishlagan vaqtida pul o‘marish va pul yuvishda ayblangan. O‘z navbatida, tadbirkor bu ayblovlarni rad etgan. 2019-yil oxirida Angola va Portugaliyada dos Santos va uning erining aktivlariga blok qo‘yildi (2020-yil noyabr oyida eri vafot etdi).
Qayd etilishicha, 2021-yil boshida Izabel dos Santos milliarderlar reytingidan chiqib ketdi — Forbes dos Santosning moliyaviy holatini 1 milliard dollardan kam, deb baholadi.
Blinken bir vaqtning o‘zida Kolumbiya, Gvatemala, Nikaragua, Salvador, Liberiya, Angola va Ukrainaning ham bir necha fuqarosiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishini e’lon qilgan. Ukrainalik Aleksandr Tupiskiy “jiddiy korrupsiya harakatlari, jumladan, Ukraina sud tizimida xizmat qilayotgan vaqtida pora olgani uchun” ro‘yxatga kiritilgan. Biroq Tupiskiy Ukrainaning Konstitusiyaviy sudi saytida hali ham rais sifatida ro‘yxatda turibdi.
Bundan tashqari, Blinken o‘z bayonotida Qo‘shma Shtatlar Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni — 9-dekabr munosabati bilan “korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shimcha dadil choralar” ko‘rayotgani va shu bilan milliy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishi sifatida korrupsiyaga qarshi kurashning rolini oshirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlayotganini qayd etgan.



														
														Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

2023-yil oktyabr oyida Yaponiya aholisi 124,35 million kishini tashkil etdi.
12:01 / 17.04.2024

														
														Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024

														
														Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

1615-yilda qurilgan binoda Daniya Savdo-sanoat palatasining bosh qarorgohi joylashgan.
10:03 / 17.04.2024

														
														Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, bu gullar Qizil kitobga kiritilgan.
09:45 / 17.04.2024

														
														Taker Karlson Telegram asoschisi Pavel Durovdan intervyu oldi

Taker Karlson Telegram asoschisi Pavel Durovdan intervyu oldi

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan suhbat uyushtirdi.
08:54 / 17.04.2024

														
														To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

“Bizda bunday ofatlarning erta oldini olish tizimi va tegishli mutaxassislar yetishmayapti. Endi gidrotexnikalarni tayyorlas…
20:49 / 16.04.2024

														
														Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Bu bo‘yicha Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning tegishli farmoni imzolangan.
15:46 / 16.04.2024

														
														Qirg‘iziston rus va ingliz tillaridagi multfilmlarni bloklashga chaqirmoqda

Qirg‘iziston rus va ingliz tillaridagi multfilmlarni bloklashga chaqirmoqda

Parlament spikeri deputatlarni qirg‘iz tilida so‘zlashga va nomlarni aytishga chaqirdi.
15:08 / 16.04.2024

														
														Mask butun dunyo bo‘ylab Tesla xodimlarining 10 foizini qisqartirmoqchi

Mask butun dunyo bo‘ylab Tesla xodimlarining 10 foizini qisqartirmoqchi

Tesla butun dunyo bo‘ylab 140 mingdan ortiq odamni ish bilan ta’minlagan.
14:26 / 16.04.2024

														
														AQSh kongressmenlari Ukrainaga yordam haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

AQSh kongressmenlari Ukrainaga yordam haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

Qaror esa yaqin kunlardayoq qabul qilinishi mumkin.
12:49 / 16.04.2024

Bu ham qiziq

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

“Bizda bunday ofatlarning erta oldini olish tizimi va tegishli mutaxassislar yetishmayapti. Endi gidrotexnikalarni tayyorlas…
20:49 / 16.04.2024
Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

AQShning “Kold-Spring-Xarbor” laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bo…
15:48 / 17.04.2024
AQShga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

AQShga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari …
11:16 / 16.04.2024
O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
10:22 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Litva aholisi qarib bormoqda

Litva aholisi qarib bormoqda

Bu mehnat bozoriga salbiy ta’sir qilmoqda.
10:14 / 17.04.2024
Soch uchlari qirqib turilsa tez o‘sadimi?

Soch uchlari qirqib turilsa tez o‘sadimi?

Uzun sochlar sohibi bo‘lish uchun sochlaringizni kuzatib boring, muntazam ravishda bo‘lingan uchlarini olib tashlang, sochla…
13:52 / 16.04.2024
Bugun, 17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 17-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:15 / 17.04.2024
AQSh kongressmenlari Ukrainaga yordam haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

AQSh kongressmenlari Ukrainaga yordam haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

Qaror esa yaqin kunlardayoq qabul qilinishi mumkin.
12:49 / 16.04.2024
Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota chiqarildi

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jeweler” magazinlarida mavjud.
09:57 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!