2025-yil 24-iyul — test sinovlari respublikaning barcha hududlarida, 25-iyul — Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi:
Birinchi smena — soat 09:00;
Ikkinchi smena — soat 15:00.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi.
Sinov o‘tkaziladigan manzil ruxsatnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!