Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida neft mahsulotlariga nisbatan aksiya solig‘i stavkalarining miqdori oshishi ortidan 2022-yil 1-iyun kunidan boshlab avtobenzin narxining oshishiga doir xabarlar eʼlon qilinmoqda.
Avvalroq xabar berilganidek, ayrim neft mahsulotlari va yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga joriy yil 1-iyundan aksiz soliq stavkalari oshiriladi.
Yaʼni:
a) neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:
– 1 tonna Ai-80 markali avtobenzin: amalda – 240 000 so‘m, 1-iyundan – 275 000 so‘m (o‘zgarish 35 000 so‘m yoki 15 foiz);
– 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali avtobenzin: amalda – 275 000 so‘m, 1-iyundan – 275 000 so‘m (o‘zgarishsiz);
– 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 240 000 so‘m, 1-iyundan – 264 000 so‘m (o‘zgarish 24 000 so‘m yoki 10 foiz);
– 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda – 216 000 so‘m, 1-iyundan – 237 600 so‘m (o‘zgarish 21 600 so‘m yoki 10 foiz).
b) yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:
– benzin: 1-iyundan – 385 so‘m/litr, amalda – 350 so‘m/litr (o‘zgarish 46 470 so‘m yoki 35 so‘m / litr yoki 10 foiz);
– dizel yoqilg‘isi: 1-iyundan – 385 so‘m/litr, amalda – 350 so‘m/litr (o‘zgarish 42 082 so‘m yoki 35 so‘m / litr yoki 10 foiz).
Qayd etilishicha, yuqoridagi o‘zgarishlar Ai-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYoQShlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 71 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga taʼsir qilishi mumkin.
Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida 1 iyundan aksiz soliqlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmasligi ham maʼlum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-may kuni “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYoQShlarda Ai-80 benzini narxi birdaniga 300 so‘mga oshib, 6 800 etib belgilangan va bu holatni kompaniya birjadagi narxlarga bog‘lagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!