Amerikalik aktyor Jeyson Momoa Kaliforniya shtatining Kalabazas shahri yaqinida avtohalokatga uchradi. Bu haqda TMZ nashri xabar berdi.
Aktyor shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lmagan va uning o‘zi mashinada ortga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, burilish paytida motosiklchi Momoa boshqarib ketayotgan mashina yo‘liga chiqib ketgan va “Oldsmobile 1970” avtomobilining old qismiga borib urilgan va chetga uchib ketgan. Motosikl boshqaruvchisi yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Momoa “Taxtlar o‘yini” va “Akvamen” teleseriallaridagi roli tufayli ommaga tanilgan va tomoshabinlar tomonidan e’tirof etilgan. Avvalroq aktyor 16 yillik munosabatlaridan so‘ng, rafiqasi bilan ajrashganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!