Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba 2021-yil yakunlari bo‘yicha Avstriyaning “eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qo‘lga kiritdi.
Avstriyaning 12 klubida ishlovchi murabbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada, 29 yoshli himoyachi eng ko‘p ovoz jamg‘arib, karyerasi davomida sakkizinchi marta mamlakatning “eng yaxshi futbolchisi”ga aylandi.
David bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun Karim Adeyem (“Zalsburg”) hamda Kristof Baumgartnerlar (“Xoffenxaym”) bilan raqobatda yutib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avstriyalik futbolchi joriy mavsumda “qirollik klubi” libosida 23 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 3 samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!