Bugun, 4-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi muddati 15-iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov muddat uzaytirilganiga munosabat bildirdi.
“Davlat rahbarining konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda bir fikr aytilgan edi – “xalqimiz nima desa, shu bo‘ladi”. Konstitutsiyaviy islohotlar aynan shu nuqtai nazaridan targ‘ibot-tashviqot qilinyapti. Qonun loyihasi nima uchun umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi? Xalqning fikrini bilish uchun. Komissiyaga qonun loyihasi e’lon qilingan kundan boshlab, qisqa muddat bo‘lishiga qaramasdan, minglab tashabbus va takliflar keldi. Bu takliflarning barchasi ko‘rib chiqilyapti.
O‘ylaymanki, muhokamalar muddatini uzaytirish taklifi juda o‘rinli. Chunki kelayotgan takliflarni o‘rganish va muhokama qilishga ulguramizmi, yo‘qmi degan xavotirimiz bor edi. Biz yana 10 kun ichida kelib tushayotgan taklif va tashabbuslarni atroflicha ko‘rib chiqamiz”, – degan Alisher Qodirov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!