“Barselona” sobiq himoyachisi Dani Alves faoliyatini Kataloniya klubida yakunlashni o‘ylab ko‘rmoqda.
Braziliyalik futbolchi “koʻk-anorranglilar” bilan muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan. Tomonlar yaqin kunlar ichida bu borada o‘zaro gaplashib oladilar. Alves 2008-yildan 2016-yilgacha kataloniyaliklar safida harakat qilgan.
Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Xavi hamda prezident Joan Laporta Alvesning qaytishiga qarshi emas. Ular futbolchining tajribasi yoshlarga yordam berishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Danining soʻnggi jamoasi “San-Paulu” boʻlgan. U klubning qarzdorligi sababli sentyabr oyida klub bazasini tark etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!