Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 13-turidan oʻrin olgan “Rayo Valyekano”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.
“Bugun raqib meni ancha hayron qoldirdi. Ular bahs davomida bir necha bor golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. “Rayo” bugun durangga erishishi mumkin edi, ammo biz gʻalabaga haqliroq edik deb o‘ylayman.
Umuman olganda yaxshi oʻynadik, kerakli natijaga erisha oldik, shundan xursandman”, - deydi Anchelotti.
Maʼlumot uchun, “Real” ayni dam turnir jadvalida 27 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!