$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi

13:34 / 01.06.2022

Joriy yil 31-may kuni Prezidentning “Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Andijon davlat chet tillari instituti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

– xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;

– o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalanish, o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash;

– yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

– xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va boshqalar.

Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.

Institutning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi “chet tili” fanidan 4 ta ko‘nikmani (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Institutning magistratura mutaxassisliklariga kirishda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom ballining o‘rtacha ko‘rsatkichi inobatga olinadi hamda qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazilmaydi.

Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mutaxassislik fanlaridan xorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi mumkin.


O‘zbekiston


														
														25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024

														
														Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024

														
														Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024

														
														Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024

														
														Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

														
														Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024

Bu ham qiziq

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!