Andijon va Buxoro viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, fuqaro B.E. boshqa bir fuqaro F.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berishni va’da qildan.
Buning evaziga esa undan 550 AQSh dollari so‘ragan. Shundan so‘ng, fuqaro B.E. kelishilgan 550 AQSH dollarini olgan vaqtida huquq tartibod organi hodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ham tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.H.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berishni va’da qilgani va buning evaziga 350 AQSH dollari olganligi aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!