Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, fuqarolar J.T. va J.S. fuqaro A.ga 994 dona “Lirika” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanishib, umumiy bahosi 68,7 mln so‘mlik 4 004 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.I. boshqa bir fuqaro A.ga 240 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 21,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!