Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatida quruvchi tadbirkor pullarini ololmayatgani uchun Jalaquduq tumanidagi maktab sport zalida o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Unga ko‘ra, tuman hokimligida maqolada ta’kidlangan 200-300 kishilik yig‘ilish o‘tkazilmaganligi, shuningdek, tadbirkorga hech kim, na prokuror, na hokim tazyiq o‘tkazmagani aniqlangan.
“Bundan tashqari, tadbirkorga qurilishi olib borilayotgan loyiha qiymatining 85 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!