Buyuk britaniyalik maktab oʻquvchisi Yangi yil bayrami uchun sovgʻa sifatida olgan “Mensa” testini ishlab, intellekt darajasi boʻyicha Eynshteynni ortda qoldirib ketdi.
12 yoshli Barnabi Suinbergning IQ darajasi 162 ballga teng ekani maʼlum boʻlgan. Bu 18 yoshdan kichik bolalar qayd etishi mumkin boʻlgan maksimal koʻrsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Eynshteynning IQ koʻrsatkichi 160 ballni tashkil qilgan.
Bolakay testda yuqori natijani qayd etgandan keyin MENSA (Dunyodagi eng yuqori intellektga ega odamlar jamiyati) tashkiloti aʼzosiga aylangan.
“Men uning aqlli ekanligini bilardim. U oʻzini qoʻshimcha ravishda sinab koʻrishni istadi va sovgʻa sifatida test hadya qilishni soʻradi. Matematika va kimyo – uning eng sevimli fanlari”, deydi bolakayning onasi.
Ayni vaqtda Barnabi Suinberg universitet dasturlari boʻyicha oʻqimoqda va Oksford universitetiga kirish uchun tayyorgarlik koʻryapti. Bundan tashqari, bolakay kriptovalyutalarga ham qiziqib qolgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!