Sud-tibbiyot ekspertlari va 3D-dizaynerlar yordamida olimlar mashhur Yerixon bosh suyagining yuzini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Tarixiy topilma, arxeologlarni hayratda qoldirgan, ya’ni ushbu bosh suyagi qalin gips qatlami bilan qoplangan va ko‘zlariga dengiz chig‘anoqlari qo‘yilgan.
“Bosh suyagining bu turi qarindoshlari va ota-bobolarining xotirasini sharaflash uchun bo‘yoq va gips yordamida ajdodlarining yuzlarini qayta tiklaganlarida marosimning bir qismi bo‘lgan”, – deydi jarayonda ishtirok etgan antropolog-olimlardan biri.
Qayd etilishicha, bosh suyagi hozirda Britaniya muzeyida saqlanmoqda, biroq Braziliyadagi sud-tibbiyot ekspertlari guruhining mikrokompyuterli tomografiya (mikro-KT) yordamida namunani tekshirishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu tahlil bosh suyagini qoplagan gipsni ko‘zdan kechirish va yuzning tuzilishi haqida aniq ma’lumot olish imkonini bergan.
Olingan anatomik ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar bosh suyagi o‘rta yoshli odamga tegishli degan xulosaga kelishdi, garchi uning jinsini aniqlash qiyin bo‘lsa-da.
Dastlab, namuna ayol kishi sifatida tasniflangan, ammo hozir mutaxassislar katta jag‘ suyaklari va keng ko‘z aylanalari tufayli uning erkak kishiga tegishli ekani oydinlashdi.
Har doimgidek, ushbu bosh suyagida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi o‘tkazish jarayonida olimlar ba’zi tafsilotlarda faqat taxminlarga tayanishgan. Shunday qilib, modelning soch, soqol va terining pigmentatsiyasi o‘sha paytda odamlarning o‘sha mintaqada qanday ko‘rinishda bo‘lgani haqidagi farazlariga asoslangan.
Ta’kidlanishicha, Yerixon bosh suyagi taxminan 9000 yoshda bo‘lib, birinchi marta arxeolog Ketlin M. Kenon tomonidan 1953-yilda Falastinning Yerixon shahri yaqinida topilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!