Angliya chempionatining 19-turi doirasida “Manchester Yunayted” safarda “Nyukasl” bilan bahs yuritib, 1:1 hisobidagi durang natija qayd etdi.
Dastlab, bellashuv avvalida mezbonlar vakili Sen-Maksimen tezkor gol kiritdi. Soʻngra esa, ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan MYU hujumchisi Kavani muvozanatni tikladi. Shuningdek, bellashuv davomida mehmonlar posboni De Xea 7ta seyv qilib, jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa “qizil iblislar” Rangnik boshqaruvida (3 oʻyinda) Premyer-ligada ilk bor ochko yoʻqotishdi.
Mazkur natijadan soʻng, MYU ochkolari sonini 28 taga yetkazib 7-oʻrindan joy oldi. 11 ochko jamgʻargan “Nyukasl” esa 11 ochko bilan 19-pogʻonada bormoqda.
APL. 19-tur
“Nyukasl” — “Manchester Yunayted” 1:1
27 dekabr, “Sent-Jeyms Park”
Gollar: 7ʼ Sen-Maksimen — 71ʼ Kavani.
“Nyukasl” — Dubravka, Kraft, Sher, Lasseles, Mankilo, Longstaff, Shelvi, Joelinton, Freyzer (Almiron, 75), Sen-Maksimen (Geyl, 83), Uilson (Merfi, 45+6).
“Manchester Yunayted” — De Xea, Varan, Maguayr, Dalot, Telles, Maktominey (Matich, 78), Fred (Sancho, 46), Reshford, Fernandesh, Grinvud (Kavani, 46), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Ronaldu (57), Kraft (66), Maguayr (68), Fernandesh (68), Joelinton (70), Mankilo (90+5).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!