Apple bozor kapitali 3 trln AQSh dollariga yetgan dunyo tarixidagi ilk kompaniyaga aylandi. iPhone va iPad ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan bu kompaniya ushbu ko‘rsatkichni joriy yilning 9-dekabrida ko‘rsatdi.
Apple'ning bozor kapitali oshishini yillar kesimida ko‘rilganda, kompaniya o‘zining birinchi trillionini 2018-yilning avgustida yetishgandi. Keyingisi esa kompaniya uchun yana ikki yillik mehnatni talab qilgan, bu hodisa 2020-yili qayd etilgandi.
Kompaniyaning bu boradagi raqobatdoshlari sifatida Microsoft, Amazon, Alphabet va Tesla kompaniyalarini sanab o‘tish mumkin. Hozir bozor kapitali bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 2,51 trln AQSh dollari bilan Microsoft kompaniyasi egallamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!