“iPhone” smartfonlari tahlilchisi Ming-Chi Kuon “Apple” kompaniyasining Kupertino shahrida joylashgan ofisida yangi qurilmalar va iPad’larda foydalanish rejalashtirilgan “E-ink” – rangli ekranlarini sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Apple” rahbarlari Xitoyning “E-ink” displeyi ishlab chiqaruvchi korxonalarga murojaat qilgan.
Kuoning ta’kidlashicha, boshqa displey texnologiyalari bilan solishtirganda kam quvvat sarfi tufayli kelajakda bunday panellar buklanadigan gajetlarning qo‘shimcha ekranlari uchun standart vositv bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalroq “Apple” kompaniyasi 2025 yilga qadar 9 dyuymli asosiy ekranga ega bo‘lgan birinchi buklanuvchi qurilmasini taqdim etishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kuoning fikricha, dunyoning eng boy kompaniyasi ushbu xususiyatga ega bo‘lgan qurilmalarni ishlab chiqarishni o‘rta o‘lchamli modellardan boshlaydi. Keyinchalik esa nisbatan kattaroq ekranli gajetlarga o‘tadi va ixcham buklanuvchi smartfonni sotuvga chiqaradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!