“Apple Music Award” mukofotining bu yilgi gʻoliblari aniqlandi. Ularning roʻyxati “Apple” kompaniyasining rasmiy saytida eʼlon qilingan.
Bu yili asosiy yoʻnalishlar qatoriga “Mintaqadagi yil artisti” nominatsiyasi ham qoʻshilgan. Ushbu nominatsiya gʻolibi Afrika, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va rossiyalik xonandalar orasidan tanlab olingan.
“Yil artisti” yoʻnalishidagi gʻoliblik The Weekndʼga nasib qilgan. Eng yaxshi debyut sifatida 18 yoshli xonanda Oliviya Rodrigo eʼtirof etilgan. Yosh ijodkor “Eng yaxshi albom” yoʻnalishidagi gʻoliblikka ham sazovor boʻlgan. Xonandaning “Drivers license” taronasi “Yil qoʻshigʻi” deb topilgan.
“Mintaqadagi yil artisti” yoʻnalishidagi gʻolib – Skriptonit boʻldi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda nigeriyalik xonanda WizKid, maltalik xonanda AYA, germaniyalik reper RIN, Yaponiyaning OFFICIAL HIGE DANDISM guruhi ham mukofotga munosib deb topilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Apple Music Awards” mukofoti gʻoliblarini aniqlashda ikkita jihat hisobga olinadi. Bularning birinchisi “Apple Music” tahririyati fikri boʻlsa, ikkinchi “Apple Music“dagi koʻrishlar sonidir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!