Ishingiz aqliy mehnat bilan bogʻliq boʻlsa, unutmangki, miyaga vaqti-vaqti bilan dam berib, uning hordiq chiqarishiga imkon yaratish kerak. Bu kayfiyatning koʻtarilishi, xotiraning kuchayishi va ish samaradorligining oshishiga sabab boʻladi.
1. Toza havoga chiqing
Tabiat qoʻynidagi 15 daqiqalik sayr miyaning kundalik ishlardan dam olishiga yordam bera oladigan eng yaxshi usuldir. Qushlar sayrogʻi, yaproqlarning shitirlashi asablarni tinchlantiradi. Sayr vaqtida ortiqcha fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang. Ana shunda oʻzingizni nisbatan yengil his qila boshlaysiz.
2. Ijtimoiy tarmoqlardan qisman voz keching
Ijtimoiy tarmoqlar miya salomatligining kushandalaridan biri. Bundan tashqari, ular atrofdagi odamlarning hayoti haqida notoʻgʻri tasavvur hosil qilishga sabab boʻladi. Bu esa oʻz-oʻzingizdan qoniqmaslikka olib keladi.
3. Maʼlum vaqt aqliy mehnat bilan shugʻullanmang
Dam olish umidida bekorchilik bilan vaqt oʻtkazish shart emas. Buning oʻrniga miyaga bosim tushirmaydigan boshqa biror ish qiling. Idish yuvish, tomorqa ishlari bilan shugʻullanish, sayr qilish, xonalarni tozalash bu borada ayni muddao.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!