AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning global jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudo joriy yilning 28-sentabridan 9-oktabr kuniga qadar O‘zbekiston, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg‘iziston Respublikasiga keladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning 12 kunlik safari AQSH diplomatik missiyalari bilan siyosat va masalalar bo‘yicha ishlashga ustuvor ahamiyat qaratadi: xabar almashishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasidan dezinformasiyaga qarshi kurashish, AQSHning Afg‘oniston xalqiga doimiy yordami, ijtimoiy tenglik, ommaviy axborot vositalari erkinligi va iqlim.
Ta’kidlanishicha, Elizabet Tryudo Vebster universitetida “Ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun ingliz tili” kursi bitiruvchilari oldida asosiy nutq so‘zlaydi. Shuningdek, u mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan davra suhbatlarida qatnashadi va AQSH hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan turli almashinuv dasturlari bitiruvchilari bilan uchrashadi. Shuningdek, uning Jizzaxga tashrifi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!