Juma kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning muzokalari xavfsizlik masalalariga bag‘ishlandi. Mazkur tezkor muzokarani Rossiya tomoni taklif etgandi. Muzokara bir yarim soat davom etdi. Ikkala tomon ham bu uchrashuvdan uzil-kesil biror yutuq kutmaganini aytishgan. Rossiya tomoni xafvsizlik kafolati borasidagi takliflariga aniq-tiniq yozma javob olishga umid qilgan bo‘lsa, AQSH rasmiylari berilgan maslahatlardan so‘ng Kreml qanday qarorga kelganini bilmoqchi bo‘lishdi.
Gʻarb Rossiya Ukrainaga qo‘qqisdan bostirib kiradi, degan fikrda. Chunki, Rossiya Ukraina bilan chegara yaqinida 100 mingga yaqin harbiysini ushlab turibdi.
AQSH so‘nggi kunlarda Putinni ustma-ust jiddiy ogohlantirib kelyapti. Agar Ukrainaga bostirib kirsa, shu paytgacha ko‘rmagan sanksiyalariga duchor qilishini, “buning oqibatlari og‘ir bo‘lishini” ta’kidlamoqda.
Ular tajovuz amalga oshdi deb hisoblash uchun rus harbiylari Ukraina chegarasini kesib o‘tishining o‘zi yetarli bo‘lishi haqida ham ogohlantirishgan.
Rossiya o‘zining Ukrainaga bostirib kirish niyati va rejasi yo‘qligini aytayotgan bo‘lsa-da, hozircha Ukraina chegarasidagi qo‘shinlarini ortga qaytarishga shoshmayapti. Putin NATOning Ukrainadan chetroq turishini, NATOning Sharqiy Yevropadagi harbiy faoliyatini bas qilishini talab qilmoqda.
Ayni paytda Litva, Latviya, Estoniya va Polshada yuzlab NATO askarlari qurol-yarog‘i va raketadan himoya tizimlariga ega.
Ittifoq Bosh kotibi yaqinda u yerdagi harbiylar sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqayotganini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!