$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

AQSH Yevropani ogohlantirdi

11:54 / 18.11.2022

Amerika Qo‘shma Shtatlari so‘nggi kunlarda yevropalik ittifoqchilar va Volodimir Zelenskiy atrofidagilar bilan intensiv aloqada bo‘lib, ularni Polshadagi raketa hodisasini izohlashda ehtiyotkor bo‘lishga undadi. Bu haqda “Politico” gazetasi Amerika va Yevropadagi anonim manbalariga tayanib xabar bergan.

Nashrning yozishicha, so‘nggi ikki kun ichida telefon orqali suhbatlar chog‘ida AQSH hukumatining yuqori martabali mulozimlari ham o‘zlarining NATO bo‘yicha ittifoqchilaridan voqea yuzasidan rasmiy tergov yakunlanmaguncha “qat’iy bayonotlar berishdan tiyilish”ni talab qilgan.

Gazeta voqea bo‘yicha turli nuqtayi nazarlar rasmiy Vashington va Kiyev ritorikasida kuzatilayotgan birinchi jiddiy tafovutlardan biri ekanini qayd etgan. Ma’lum bo‘lishicha, AQSH hukumati doiralari yevropaliklar sodir bo‘layotgan voqealarning ahamiyatini yetarlicha baholamaydi, deb hisoblaydi.

Davlat departamentining Yevropa masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan sobiq rasmiysi Xezer Konli bu borada ta’kidlaganidek, Polshaga raketa qulashi Qo‘shma Shtatlar, uning NATOdagi ittifoqchilari va Ukraina uchun haqiqatan ham “muhim sinov” bo‘lgan.

Eslatib o‘tish mumkin, joriy yilning 15-noyabr kuni kechqurun Polsha hududida, Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda raketalar qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Dastlab rasmiy Varshava gap Rossiya raketalari haqida ketayotganini aytib, NATO kengashini chaqirishni talab qildi. Biroq Polsha prezidenti Anjey Duda raketalar katta ehtimol bilan Ukrainaga tegishli ekanini qayd etdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden G7 yetakchilarining favqulodda yig‘ilishi yakunida, dastlabki ma’lumotlar Rossiya qo‘shinlari qulagan raketani urganini tasdiqlamasligini aytdi. Pentagonning ma’lum qilishicha, ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlash niyatida.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polmsha chegarasi yaqinida hech qanday nishonga zarba bermagani, Varshavaning Moskva ishtiroki haqidagi barcha bayonotlari provokasiya ekanligini ta’kidladi. Vazirlik shuningdek, ekspertlar xulosasiga ko‘ra, voqea joyidan e’lon qilingan fotosuratlarda S-300 kompleksi uchun Ukraina raketasi parchalari ko‘rsatilganini ta’kidladi.


Bu ham qiziq

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!