Amerikaning “Blue Origin” kompaniyasi uchinchi bor kosmik sayyohlik parvozi amalga oshirilgani va uning muvaffaqiyatli yakunlanganini maʼlum qildi. Sayyohlik kemasi bu safar ilk marta bortida 6 nafar ekipaj aʼzosi bilan birga yuqoriga koʻtarilgan.
Parvozda astronavt Alan Shepardning qizi Lora Shepard Charchli, teleboshlovchi Maykl Straxan, shuningdek yana toʻrt nafar kosmik sayyoh – filantrop Dilan Teylor, sarmoyador Elan Dik, tadbirkor Leyn Bess va uning rafiqasi Kemeron Besslar ishtirok etishgan. Parvoz umumiy hisobda 11 daqiqa davom etgan.
Kosmik sayyohlar parvozning uch daqiqasini Yerdan 100 kilometr balandlikda oʻtkazishgan. Shundan keyin kapsula Yerga tusha boshlagan.
11 daqiqalik kosmik parvozning umumiy qiymati 500 000 dollarga baholangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!