Kecha, 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston joriy yilning noyabr oyi oxirigacha AQShdan uchuvchisiz dronlarni sotib olishi haqida tarqalgan xabarlarga Mudofaa vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, narxi 225 000 AQSh dollariga baholangan razvedkachi samolyotlarga o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qiziqish bildirilgan, biroq ularni sotib olish ko‘zda tutilmagan.
“Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar robot tizimlari borasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga maʼlum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar “PUMA RQ 20” uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi koʻtarilmagan”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!