Argentinaning Rosario shahrida “PSJ” hujumchisi Lionel Messi tasvirlangan ulkan devoriy surat ochildi.
Xabar qilinishicha, suratning balandligi 69 metrni tashkil qiladi. Uni monumental rassomlar Marlen Suriaga va Lisandro Urteaga chizgan.
Asar “Boshqa galaktikadan va mening shahrimdan” deb nomlangan. Qayd etish joiz, Rosario Messining ona shahri hisoblanadi.
Eslatib oʻtish mumkin, 2021-yilda Messi birinchi marta Argentina terma jamoasi bilan xalqaro titul, Amerika kubogini qoʻlga kiritdi.
Noyabr oyida esa futbolchi 2021-yilgi “Oltin toʻp” egasiga aylangan holda oʻzining yettinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!