Bugun, 14-yanvar kuni KXShTning Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiy bo‘linmalari Olmaotandan chiqib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, Armaniston bo‘linmalari o‘z transport vositalari va shaxsiy tarkibini Rossiya Aerokosmik kuchlarining uchta Il-76 harbiy-transport samolyotiga ortib, Olmaota aerodromidan havoga ko‘tarilgan.
Shuningdek, tojikistonlik harbiy xizmatchilar Rossiyaning bitta Il-76 samolyoti bortida ta’til paytida Qozog‘iston harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarini o‘zlari bilan olib ketishgan.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston tinchlikparvar kuchlari o‘zlari himoya qilgan Olmaota IYeS-2 hududidan o‘z karvonida o‘z davlati chegarasi tomon harakatlanishdi. Ular Qirg‘iziston hududiga 250 km ga yaqin masofani bosib o‘tishlari kerak. Karvon tarkibida Dajiang zirhli mashinalari ham bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!