Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger 25 nafar boshpanasiz faxriy uchun Yangi yil bayrami sovgʻasi sifatida uy qurib berdi. Aktyor bu haqida oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qilgan.
“Men bugun Yangi yilni oldindan bayram qilib yubordim. Boshpanasiz faxriylar uchun qurilgan 25 ta uy Los-Anjelesda barpo etildi”, deb yozdi ijodkor bu haqida. Maʼlumotlarga koʻra, uylarni qurish uchun aktyor tomonidan 250 ming AQSh dollari miqdorida pul ajratilgan.
Faxriylar kichik uylarga koʻchib oʻtishni boshlaganlar. Ularning barchasi konditsioner, isitish tizimi va elektr toki bilan taʼminlangan.
Amerika hukumati maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda AQShda 37 mingdan ortiq faxriy boshpanasiz hayot kechiradi. Ular oʻzlarining koʻchmas mulklaridan nogironlik, nochorlik, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga qaramlik oqibatida ayrilishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!