Mikel Artetaning 2019-yildan buyon “Arsenal”dagi faoliyati davomida Premer-ligada jamoaning 36 ta golini 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar kiritishgan.
Bu ligadagi eng yaxshi natija boʻlib, boshqa hech bir jamoada yosh futbolchilar bunchalik koʻp gol ura olmagan, deyiladi Premer-liganing Twitterdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 1-yanvar kuni “Arsenal” oʻz maydonida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” 21 oʻyinda 53 ochko toʻplagan holda Angliya Premyer-ligasining 2021/2022-yilgi mavsumi turnir jadvalida 1-oʻrinni egallab turibdi. Bugungacha, 35 ochko jamgʻargan “Arsenal” esa 4-oʻrinni band etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!