“Barselona”ning amerikalik qanot himoyachisi Serjinyo Dest yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirishga yaqin turibdi. 21 yoshli amerikalik futbolchida Angliya premyer-ligasida oʻynash imkoniyati paydo boʻlmoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, Londonning “Arsenal” klubi istiqbolli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. “Koʻk-anorranglilar” Serjinyo bilan 30-35 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.
Avvalroq, OAVda “Barsa” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Dest bilan keyingi hamkorlikdan manfaatdor emas deb hisoblashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Himoyachi oʻtgan yilning oktyabrida, 21 mln. yevro evaziga kataloniyaliklar safiga kelib qoʻshilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!