“Toshkent” istirohat bog‘i Ashxobodning tarixiy markazida — sobiq “Gunesh” bog‘i o‘rnida joylashgan. Uning hududida Vazirlar mahkamasi, sirk va drama teatri binolari joylashgan.
Bog‘ni qurish uchun Turkmaniston byudjetidan 21 mln 150 ming manat (6,43 mln $) ajratilgan. O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarining miniatyura nusxalari bo‘lgan 20 dan ortiq obyektlar barpo etilgan.
Bu yerda Toshkentdagi “Mustaqillik” maydoni, Oloy bozori, Toshkent teleminorasi va yana ko‘plab o‘zbekona maket va dekoratsiyalarni uchratash mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!