Astronomlar yulduzlarni yutib yuborish oʻrniga yangi yulduzlarni hosil qiluvchi qora tuynukni kashf etishdi. U “Henize 2-10” galaktikasida joylashgan.
Odatda qora tuynuklar oʻzi tomon yaqinlashgan har qanday samoviy jismni yutib yuboradi. Ammo, “Hubble” teleskopi yordamida qoʻlga kiritilgan maʼlumotlar koinotda yulduzlarni yutish oʻrniga yangi yulduzlarni hosil qiluvchi qora tuynuk borligini isbotlagan.
“Henize 2-10” galaktikasi oʻlchami Somon yoʻlining oʻndan biriga toʻgʻri keladi. U Yerdan 30 million yorugʻlik yili uzoqligida, “Kompas” yulduzlar turkumida joylashgan. Olimlar qora tuynukda yangi yulduzlar faol hosil boʻladigan hudud mavjud ekanligini aniqlaganlar. Bularning barchasi mutaxassislar uchun kutilmagan yangilik boʻlgan.
“Henize 2-10” galaktikasida joylashgan qora tuynuk massasi 1 million Quyosh massasiga teng ekani aytilmoqda. Qora tuynuk va yulduzlar hosil boʻluvchi hudud oʻrtasidagi masofa esa 230 yorugʻlik yiliga teng.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!