Futbolchi klubdan norozi
Joau Feliks “Atletiko”ni tark etmoqchi.
22 yoshli portugaliyalik umuman va oxirgi paytlarda jamoadagi mavqeidan norozi.
“Benfika”dan 126 million yevroga transfer qilinganidan keyin uch yil davomida Feliks asosiy tarkibda barqaror va muhim futbolchiga aylana olmadi.
Hujumkor yarim himoyachi Madrid klubining so‘nggi to‘rtta o‘yinida bor-yo‘g‘i 29 daqiqani maydonda o‘tkazdi, Chempionlar ligasida “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (0:0) ikkala bo‘limni ham zaxirada o‘tirdi va juda jahli chiqdi.
Feliks bu holatdan charchagan, uning bosh murabbiy Diego Simeone bilan munosabatlari qiyin. Payshanba kuni yarim himoyachi yechim topish uchun Madriddagi restoranlardan birida agenti Xorxe Mendes bilan uchrashdi.
“Atletiko” hozirgacha Feliksni sotishga qarshi bo‘lib kelgan, garchi bu futbolchining birinchi marta klubini o‘zgartirish istagi bo‘lmasa-da. Joauning shartnomasidagi tovon puli 350 million yevroni tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!