Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) 2022-yilgi qitʼaviy musobaqalar taqvimini eʼlon qildi.
Ahamiyatlisi, undan Toshkent shahri mezbonligida oʻtadigan musobaqa ham oʻrin olgan.
Taqvimga koʻra, 2022-yilning 6-13-iyun kunlari poytaxtimizda 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 14-Osiyo chempionati oʻtkaziladi.
Ushbu musobaqa doirasidagi oʻyinlar “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi.
AVC ning yillik taqvim rejasidan yana 24 aprel – 1 may kunlari Qozog‘istonning Semey shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar klublari o‘rtasida Osiyo chempionati, 15-22 may kunlari Eron Islom Respublikasining Urmiya shahri mezbonlik qiladigan erkaklar klublari o‘rtasida qit’a birinchiligi o‘rin olgan.
Shuningdek, 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati (4-11 iyul, Semey, Qozog‘iston), erkaklar o‘rtasida Osiyo kubogi (7-14 avgust, Xitoy Taypeyi), ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi (21-28 avgust, Manila, Filippin), AVC ning ayollar o‘rtasidagi 3-Chellenj kubogi (22-28 avgust, Gonkong, Xitoy) kabi musobaqalar ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!