Hindistonlik taniqli aktrisa va “Dunyo goʻzali-1994” tanlovi gʻolibasi Ayshvariya Ray Bachchan “Panama ishi” boʻyicha tergovga chaqirildi. Aktrisaga nisbatan rasman qanday ayblov qoʻyilgani hozircha maʼlum emas.
“Panama ishi” hujjatlarining 11,5 milliondan 12,5 mingtasi Hindiston fuqarolariga tegishli. Roʻyxatda Ayshvariyaning qaynotasi Amitabh Bachchan va turmush oʻrtogʻi Abhishek Bachchanlar ham bor.
Maʼlumotlarga koʻra, Bachchanlar oilasi 2005-yilda Britaniyaning Virjin orollarida ofshor kompaniyasini ochgan va ushbu kompaniya oradan uch yil oʻtganidan keyin yopilgan.
Aktrisa xorijiy valyutadan foydalanish haqidagi qonunni buzganlik ayblovi bilan soʻroq qilinmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!