Kuni kecha, 11-dekabr kuni Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boksdagi oʻzining 9-jangini oʻtkazdi va oʻzining birinchi zarbasidayoq raqibini nokautga uchratdi.
27 yoshli surxondaryolik bokschiga kolumbiyalik Xulio Sezar Kalemino raqiblik qildi. Jalolov raqibini 46-soniyadayoq ringga qulatishni uddaladi.
Bahodirga ushbu jangda Rahmatjon Roʻzioxunov va yana bir nechta murabbiylar sekundant vazifasini bajardi.
Bunga qadar “Big uzbek” professional boksda 8 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgan edi. Oʻz navbatida, prof boksda 6-jangida ringga koʻtarilgan Kalemino esa, ikkinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!