Ayni kunlarda Bahrayn davlatida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan Para Osiyo oʻyinlarida para taekvondo bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Erkaklar oʻrtasida 44-klassda 3 nafar sportchimiz ishtirok etdi va 2 ta oltin hamda 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Jumladan, -58 kg vazn toifasida Qudratillo Shonazarov hamda -70 kg vazn toifasida Asilbek Husanov oltin medalga ega chiqqan boʻlsa, -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov bronza medaliga sazovor boʻldi.
Qayd etish mumkin, hozircha Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 6 ta oltin, 1 ta kumush hamda 4 ta bronza medali mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!