Yarimhimoyachi Usmon Dembele “Barselona” bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha maʼlum emas.
Fransuz va Kataloniya klubi yangi kelishuv boʻyicha muzokaralar jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Diario Sport xabariga koʻra, Dembele va uning agenti “Yuventus” bilan yozda koʻchib oʻtish borasida prinsipial kelishuvga ega.
Shu bilan birga, Usman hamon PSJdan million dollarlik taklif kutmoqda. Oʻz navbatida, Parij klubi esa taklif tayyorlanguncha kutishni soʻragan.
Maʼlumot uchun, bugungacha fransiyalik futbolchi “Barsa” safida 126 uchrashuvda maydonga tushib, 30 gol, 23 assistga mualliflik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!